Klinikalar uchun dastur

Bemor kelganini yozing —
qolganini tizim hisoblaydi

Bemorlar, tashriflar, to'lovlar va qarzlar bir joyda. Kim qancha qarzdor, kim kelmay qoldi, qaysi shifokor qancha ish qildi — daftar varaqlash shart emas.

Bir oy bepul · karta so'ralmaydi · sozlashni o'zimiz qilamiz
Oq Tish Dental
Bugungi tushum0
Umumiy qarz0
Bugun kutilayotganlar
DR Dilnoza RashidovaBreket · rostlash 2 110 000
AT Alisher To'rayevKanal davolash 500 000
KN Kamola NazarovaKo'rik · kariyes to'langan
GS Gulnora SattorovaKoronka ×2 1 100 000
Tanish holat

Pul daftarda qoladi, bemor esdan chiqadi

Klinika kattalashgani sayin bu uchtasi eng ko'p pul yo'qotadigan joyga aylanadi.

«Men to'lagan edim»

Bemor bo'lib-bo'lib to'laydi, kim qancha bergani daftarda tarqoq yoziladi. Tortishuvda isbot yo'q, ba'zi pul umuman unutiladi.

Kelmay qolganlar

Breket, implant, kurs davolash — bemor 15 kundan keyin kelishi kerak edi. Kelmadi, hech kim sezmadi. Bu — yo'qolgan tushum.

Shifokor hisob-kitobi

Oy oxirida «kim qancha ish qildi» degan savol boshlanadi. Qo'lda sanash uzoq, xato chiqadi, xodim bilan tortishuvga aylanadi.

Asosiy foyda

Qarz o'zi hisoblanadi

Shifokor qilgan ishlarini belgilaydi — summa chiqadi. Bemor qancha to'lasa, qoldiq o'sha zahoti yangilanadi. Hech kim hech narsani qo'lda qo'shmaydi.

0 Qilingan ishlar, so'm
0 To'langan — 4 marta bo'lib
0 Qoldiq qarz — avtomatik
Imkoniyatlar

Kundalik ish uchun kerak bo'ladigan hammasi

Ortiqcha tugmalarsiz. Registratura ham, shifokor ham birinchi kuni ishlata boshlaydi.

Har bir tashrif yozib boriladi

Breket bemori har 15 kunda kelsa — har kelishi alohida saqlanadi: qaysi ish qilindi, qaysi tish, qancha turdi, keyingi safar qachon.

Bo'lib to'lash

Bugun 2 mln, keyingi oy 1 mln — har bir to'lov alohida yoziladi, chek chiqariladi, qoldiq har doim ko'rinib turadi.

Har bir shifokor — o'z narxi

Bir xil ishni ikki shifokor turlicha narxda qilishi mumkin. Har biri o'z xizmatlari va narxlarini belgilaydi, tashrifda o'sha narx chiqadi.

Shifokor faqat o'zinikini ko'radi

Hamkasbining bemorlari, tushumi va narxlari unga ko'rinmaydi. Rahbar esa butun klinikani bir ekranda ko'radi.

Kassa va hisobot

Bugungi tushum, oylik tushum, umumiy qarz, qaysi shifokor qancha ish qildi — bosh sahifada, ochilishi bilan.

Ma'lumot xavfsiz

Har bir klinikaning bazasi butunlay alohida. Parollar shifrlangan, aloqa himoyalangan. Kerak bo'lsa server O'zbekistonda turadi.

👋 Assalomu alaykum! Kirish uchun telefon raqamingizni yuboring — login va parol so'ralmaydi.
📱 Raqamimni yuborish
✅ Xush kelibsiz, Malika Yusupova!
🏥 Oq Tish Dental
Ochish
Telefon uchun

Shifokor kompyuter oldiga bormaydi

Ilova Telegram ichida ochiladi. Shifokor bir marta raqamini yuboradi — keyin har safar bitta tugma. Login ham, parol ham yo'q.

  • ✓ Yangi dastur o'rnatish shart emas — Telegram hammada bor
  • ✓ Qabul oralig'ida telefondan bemorni yozib qo'yadi
  • ✓ Bemor kartasi, qarzi va tarixi cho'ntagida
  • ✓ Registratura esa kompyuterda to'liq ko'rinishda ishlaydi
Kimlar uchun

Stomatologiyadan boshlandi — boshqa yo'nalishlarga ham mos

Klinika turini tanlaysiz — narxlar ro'yxati va atamalar o'shanga moslanadi.

StomatologiyaTish raqami, breket kurslari, protez
KosmetologiyaZonalar, kurslar, takroriy seanslar
DiagnostikaTahlillar, UZI, takroriy tekshiruv
Ko'p tarmoqliBir nechta yo'nalish, ko'p shifokor
Boshlash

Bir kunda ishga tushadi

Sozlashni biz qilamiz — sizdan faqat shifokorlar ro'yxati va narxlaringiz kerak.

01

Klinikangizni ochamiz

Shifokorlarni qo'shamiz, har biriga o'z xizmatlari va narxlarini kiritamiz. Mavjud bemorlar ro'yxatini ko'chiramiz — Excel bo'lsa ham, daftar bo'lsa ham.

02

Shifokorlarni ulaymiz

Har bir shifokor Telegramda botga raqamini yuboradi — tamom. Ishlatishni ko'rsatish 10 daqiqa vaqt oladi.

03

Bir oy bepul ishlatasiz

Yoqmasa — hech qanday majburiyat yo'q, ma'lumotlaringizni chiqarib beramiz. Yoqsa, davom etamiz.

Narx

Avval sinab ko'rasiz, keyin to'laysiz

Sozlash, ma'lumot ko'chirish va o'rgatish — bepul. Istalgan vaqtda to'xtatasiz.

Birinchi oy — bepul Karta so'ralmaydi, majburiyat yo'q. Sozlash, bemorlarni ko'chirish va shifokorlarni Telegramga ulash ham bepul. Demoni ochish →
Start
1 xodim
249 000 so'm
oyiga
Yillik to'lasangiz 199 000 so'm/oy 600 000 so'm tejaysiz
  • ✓ Cheksiz bemor va tashrif
  • ✓ Telegram ilovasi
  • ✓ Qarzlar va kassa hisoboti
  • ✓ Yangilanishlar va qo'llab-quvvatlash
Savol berish
Ommabop
Optimal
2–5 xodim
699 000 so'm
oyiga
Yillik to'lasangiz 599 000 so'm/oy 1 200 000 so'm tejaysiz
  • ✓ Start'dagi hamma narsa
  • ✓ Har bir shifokor — o'z xizmati va narxi
  • ✓ Rahbar uchun o'zgarishlar jurnali
  • ✓ Excelga chiqarish va cheklar
Boshlash
Biznes
6–10 xodim
999 000 so'm
oyiga
Yillik to'lasangiz 799 000 so'm/oy 2 400 000 so'm tejaysiz
  • ✓ Optimal'dagi hamma narsa
  • ✓ Registratura uchun alohida hisob
  • ✓ Shifokorlar bo'yicha kunlik hisobot
  • ✓ Ustuvor qo'llab-quvvatlash
Savol berish
10+ xodim
Maxsus
Katta klinikalar va tarmoqlar
Individual
klinikangiz hajmiga qarab kelishiladi
Narxini so'rash
Bir martalik
Sotib olish
Ijara emas — dastur butunlay sizniki
Oylik to'lov yo'q. Xohlasangiz o'z serveringizga o'rnatamiz, ma'lumotlar to'liq sizda qoladi.
Narxini so'rash

Narxlar xodimlar soniga qarab — bemorlar va tashriflar soni hech qachon cheklanmaydi, klinika rahbari esa hisobga olinmaydi. Istalgan vaqtda to'xtatasiz yoki tarifni almashtirasiz. Klinikangiz uchun sayt ham qilamiz — onlayn yozilish bilan, arizalar to'g'ridan-to'g'ri Telegramingizga tushadi. Dastur mijozlariga chegirma bilan.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Shifokorlarimiz kompyuter bilmaydi, uddalay oladimi?
Aynan shuning uchun ilova Telegram ichida ishlaydi. Shifokor botga bir marta telefon raqamini yuboradi, keyin har safar bitta tugma bosadi — login va parol umuman yo'q. Ish yozish uchun ikki harakat kifoya: bemorni tanlash va qilingan ishlarni belgilash. Summa o'zi hisoblanadi.
Bizda allaqachon dastur bor — nega almashtirishimiz kerak?
Unda asosiy narsa hal qilingan. Ikki savolga e'tibor bering: qarzlar bo'limi sizni qoniqtiradimi va shifokorlar telefondan foydalana oladimi? Ko'p dasturlar kompyuterga bog'langan va qarz qismi kuchsiz bo'ladi — biz aynan shu ikkisiga urg'u berdik.
Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?
Har bir klinikaning ma'lumoti bazada butunlay ajratilgan — boshqa klinika ko'ra olmaydi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi, aloqa HTTPS orqali. Shifokor faqat o'z bemorlarini ko'radi. Bemor ma'lumotlari uchun serverni O'zbekiston hududiga joylashtirish ham mumkin.
Eski bemorlarimizni ko'chirib bera olasizmi?
Ha. Excel yoki Google Sheets bo'lsa to'g'ridan-to'g'ri yuklaymiz. Daftarda bo'lsa — asosiy bemorlar va ularning qarzini biz kiritib beramiz. Bu ish bepul, sinov davri ichida qilinadi.
Internet uzilib qolsa nima bo'ladi?
Ma'lumot serverda saqlangani uchun hech narsa yo'qolmaydi — internet tiklanganda hammasi joyida turadi. Telefon almashtirsangiz ham shunday: Telegramdan kirasiz va barcha ma'lumot o'rnida.
Bog'lanish

Raqamingizni qoldiring — o'zimiz bog'lanamiz

Klinikangizni bir oy bepul sinab ko'rish uchun sozlab beramiz. Bir kun ichida javob beramiz.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

✅

Qabul qilindi!

Tez orada bog'lanamiz. Shu orada demoni ochib ko'rsangiz bo'ladi.

Demoni ochish →